Lionel Messi kutilmaganda «Camp Nou»ga tashrif buyurdi — foto

11-noyabr 2025 12:08 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Foto: MARCA

10-noyabr kuni Lionel Messi faoliyatining asosiy qismini o‘tkazgan Barselona shahriga keldi. Futbolchi o‘zining ijtimoiy tarmog‘iga «Spotify Camp Nou» stadionida tushgan rasmlarini joylashtirdi.

«Kecha oqshom men butun qalbim bilan sog‘ingan maskanga qaytdim. Men cheksiz baxtli bo‘lgan maskanga, siz meni ming marta dunyodagi eng baxtli inson sifatida his qilishga majbur etgan joyga. Umid qilamanki, qachondir qaytib kela olaman va o‘yinchi sifatida xayrlashish uchun, chunki men buni hech qachon qila olmagandim», – deb yozdi u.

Foto: Messining Instagram sahifasi

Leo Messi 2021-yilda «Barsa»ni sensatsion tarzda tark etib, Fransiyaning «PSJ» klubiga qo‘shilgan edi. Uning klubni tark etishi ko‘plab munozaralarga sabab bo‘lib, ko‘pchilik bunda klub prezidenti Joan Laportani ayblagan edi.

Foto: Messining Instagram sahifasi

Parij klubidagi ikki mavsumdan keyin Messi MLSga yo‘l oldi va «Inter Mayami» klubi bilan shartnoma imzoladi. Uning kelishi jamoaga katta hissa qo‘shdi, AQSh klubi Messi bilan ilk yirik sovrinini qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, MLS chempionatida hozir tanaffus bo‘lgani uchun Messi Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida qisqa muddatga boshqa klubga ijaraga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Messi «Inter Mayami» bilan shartnomasini 2028-yilgacha uzaytirgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek