Kechga nima ovqat: uy ta’mi bilan pishiriladigan chuchvara

17-noyabr 2025 16:59 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: Gastronom.com

O‘zbek oshxonasining eng mashhur taomlaridan biri — chuchvara uy sharoitida tayyorlanganida yanada mazali bo‘ladi. Xamiri yupqa, ichligi shirador bo‘lgan chuchvara sovuq kunlarda ham, bayram dasturxonlarida ham alohida o‘rin tutadi. Quyidagi Kursiv Uzbekistan retsepti yordamida siz ham haqiqiy uy ta’mini yaratishingiz mumkin.

Kerakli masalliqlar

Bo‘limMahsulotMiqdor
XamirigaUn400 g
Tuxum1 dona
Iliq suv170 ml
Tuz1 choy qoshiq
O‘simlik yog‘i2 osh qoshiq
AsosigaMol go‘shti qiymasi400 g
Piyoz2–3 dona
Tuz, murch, ziraTa’bga ko‘ra
O‘simlik yog‘i (qovurish uchun)Kerakli miqdor
UstigaPiyoz1 bosh
Pomidor pastasi1 osh qoshiq
Ko‘katlarTa’bga ko‘ra

Tayyorlash jarayoni

1. Xamirni qorish

Iliq suvga tuz solib aralashtiring. Unning o‘rtasiga tuxum va suvni quying. Yaxshi qorilgan, o‘rtacha qattiqlikdagi xamir hosil bo‘ladi. Xamirga ikki osh qoshiq yog‘ surting va ustini yopib, yarim soat damga qoldiring.

2. Ichlik tayyorlash

Piyozni mayda to‘rtburchak qilib to‘g‘rang va yog‘da qovuring. Idishga qiyma soling, ustidan qovurilgan piyozni qo‘shing, tuz, murch va ziravorlar bilan aralashtiring.

3. Xamirni yoyish

Tindirilgan xamirni o‘qlov yordamida juda yupqa qilib yoying. Xamir qancha yupqa bo‘lsa, chuchvara shuncha mazali bo‘ladi.

4. Kesish va tugish

Yoyilgan xamirni 3.5×3.5 sm kattalikdagi kvadratlarga bo‘ling. Har biriga yarim choy qoshiq qiyma soling va chuchvarani shakl berib tuging.

5. Qaynatish

Tugilgan chuchvaralarni biroz un sepilgan patnisga terib chiqing. Qaynayotgan sho‘r suvga tashlab, bir daqiqa davomida qaynatib oling.

6. Usti uchun sous

Piyozni mayda parrak qilib qovuring. Ustidan pomidor pastasini solib, 2–3 daqiqa dimlang.

7. Dasturxonga tortish

Qaynatilgan chuchvaralarni likopchaga soling. Ustiga qovurilgan piyozli sous, smetana yoki ko‘katlar bilan bezatib xizmat qiling. Yoqimli ishtaha!

Shuningdek