Ford Bronco Sport Xitoyda taqdim etildi

19-noyabr 2025 09:22 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Ford Bronco Sport / Foto: Autohome

Ford Xitoy bozori uchun Ford Bronco Sport modelining maxsus versiyasini taqdim etdi. Bu haqda Autohome xabar bermoqda.

Model gibrid va elektr ko‘rinishida taklif qilinadi, ikkala versiyada ham to‘liq uzatma bor. Gibrid narxi 230–273 ming yuan oralig‘ida. ($32 ming)

Foto: Autohome

Krossover Xitoy uchun yirik o‘lchamlar bilan ishlab chiqilgan. Uzunligi 5025 mm, kengligi 1960 mm, balandligi 1815 mm, g‘ildirak bazasi esa 2950 mm. Salonda 15,6 dyuymli displeyli media tizim, Snapdragon 8255 protsessori, 70 dyuymli proyeksiya ekrani va ikkita Nvidia Orin-X platformasi mavjud. Mashinaga 7,5 litrli sovutkich, 21 dinamikli 7.1.4 audio tizimi va elektr lyuk ham o‘rnatilgan.

Foto: Autohome

Gibrid versiyada 1,5 litrli benzinli motor va ikki elektromotordan iborat tizim qo‘llanilgan. Umumiy quvvati 421 ot kuchi. Bunda 43,7 kVt/soatli batareya o‘rnatilgan. U faqat elektrda 220 km yuradi, umumiy yurish masofasi esa 1220 km. Elektr versiyada 105,4 kVt/soatli batareya bor va u 650 km masofa bosishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Hyundai va GM yangi avtomobil ishlab chiqargani haqida yozgan edi.

Shuningdek