Husayn Norchayev Qozog‘iston klubiga o‘tishi mumkin

24-noyabr 2025 11:45 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Foto: O‘FA

O‘zbekiston terma jamoasi va «Nasaf» klubi hujumchisi Husayn Norchayevga Qozog‘iston klubi qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Aleksandr Troitskiy xabar berdi.

«Hamkasblar jamoa nomini aytishmayapti, biroq men buni ’Yelimay’ deb taxmin qilyapman. Nega deb so‘ramang, shunchaki ichki sezgi. Jamoa yevrokuboklarda ishtirok etadi, bu esa Husaynni jalb qilishi mumkin. Qolaversa, moliyaviy tomondan ham futbolchini xafa qilib qo‘ymaslik kerak. ’Nasaf’da uning maoshi ancha yaxshi. Shunday ekan, qozog‘istonliklar unga oyiga kamida $20 ming taklif qilishlari kerak bo‘ladi», – dedi u.

Norchayev bu mavsumda «Nasaf» tarkibida jami 35 o‘yinda maydonga tushib, 17 gol va 2 golli uzatma qayd etgan.

Ayni paytda Husaynning transfer qiymati 600 ming yevroni tashkil etadi. 24 yoshli futbolchi 2023-yilda «Nasaf»dan Rossiyaning «Alaniya» klubiga borib qo‘shilgan edi. 2024-yilni «Neftchi» safida ijarada o‘tkazgan Norchayev joriy yiling boshida yana «Nasaf» futbolchisiga aylangan edi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Nasaf» Elit OCHL uchinchi turida «Shabab Al Ahli»ga yirik hisobda yutqazgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek