Honor 500 qulay narxda taqdim etildi — foto

24-noyabr 2025 19:04 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Honor 500 qulay narxda taqdim etildi / Foto: Honor

Honor kompaniyasi Xitoyda Honor 500 smartfonini taqdim etdi. Bu haqda kompaniya rasmiy sahifasida e’lon qilindi.

Foto: Honor

Model Honor 500 Pro’dan soddaroq bo‘lsa-da, kuchli texnik jihatlari va qulay narxi bilan ajralib turadi. Bazaviy 12/256 GB versiyasi $380, 12/512 GB $420, 16/512 GB esa $465 ga baholanmoqda.

Smartfonning asosiy kamerasi ikki moduldan iborat: 200 megapikselli keng burchakli asosiy sensor va 12 megapikselli ultra-keng burchakli modul. Qurilma 30x raqamli zumni qo‘llab, yuqori sifatli suratga olish imkoniyatini beradi.

Foto: Honor

Honor 500 katta sig‘imli 8000 mA·soat akkumulyator bilan jihozlangan. Batareya 80 Vt simli, 50 Vt simsiz va 27 Vt teskari quvvatlashni qo‘llab, qurilmadan uzoq vaqt foydalanish imkonini yaratadi.

Smartfonda 6,55 dyuymli 1,5K ekran, 120 Gs yangilanish tezligi va 3840 Gs PWM texnologiyasi mavjud. Bu ekranni ko‘z uchun qulay va ravon qiladi. Qurilma Android 16 asosidagi MagicOS 10’da ishlaydi.

Foto: Honor

Honor 500 Snapdragon 8s Gen4 protsessori bilan jihozlangan bo‘lib, kundalik vazifalar va o‘yinlar uchun yetarli unumdorlikni taqdim etadi. Uning o‘lchamlari 155,8 × 74,2 × 7,75 mm, vazni esa 198 g.

Foto: Honor

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Honor Magic 8 Mini yangi flagmani xususiyatlari ma’lum qilingan edi.

Shuningdek