Land Rover ekstremal Dakar D7X-R avtomobilini taqdim etdi

26-noyabr 2025 13:27 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Land Rover ekstremal Defender — Dakar D7X-R rallisini taqdim etdi / Foto: Land Rover

Land Rover kompaniyasi tarixdagi eng ekstremal Defender modeli Dakar D7X-R ralli avtomobilini taqdim etdi. Bu haqda Carscoops nashri ma’lum qildi.

Yangi model 2026-yilgi W2RC ralli-reydlar jahon chempionatida, jumladan, «Dakar» marafonida ishtirok etish uchun ishlab chiqilgan. Zavod prototipini 14 martalik marafon g‘olibi Stefan Petransel boshqaradi.

Dakar D7X-R seriyali Defender Octa asosida yaratilgan va «Stock» kategoriyasiga kiritilgan. Avtomobilga sovitishni yaxshilash uchun qayta ishlangan body-kit, mustahkamlangan taglik himoyasi, kengaytirilgan g‘ildirak arkalari, kirish-chiqish burchaklarining oshirilishi va ventilyatsiya teshikli kapot o‘rnatilgan. Modelga ikkita snorkel, kattalashtirilgan havo qabul qilgich va LED chiroqlar o‘rnatildi. Orqa zaxira g‘ildirak esa massani kamaytirish maqsadida olib tashlangan.

Shassi qismida ham katta yangilanishlar amalga oshirildi. Avtomobil 35 dyuymli shinalar bilan jihozlandi, g‘ildiraklar oralig‘i kengaytirildi. ,odernizatsiyalangan suspenziya Bilstein amortizatorlari bilan ta’minlangan. Tormoz tizimida old g‘ildiraklarda oltita pistonli kaliperlar, orqadagi g‘ildiraklarda esa to‘rt pistonli kaliperlar mavjud.

Foto: Land Rover

Kapot ostida 4,4 litrli V8 dvigatel ishlaydi, ikki turbina bilan jihozlangan va ekologik yonilg‘ida ishlaydi. Sakkiz pog‘onali avtomatik uzatmalar seriyali Defender Octa’dan olindi, ammo og‘ir off-road sharoitlari uchun uzatish nisbatlari moslashtirilgan. Yangi sport elektronika tizimi boshqaruvni takomillashtiradi. «Uchish rejimi” esa qum tepaliklarida sakrashdan keyin tortishish kuchini optimallashtiradi. Uzoq masofani bosib o‘tish uchun 550 litr hajmdagi katta yoqilg‘i bak o‘rnatilgan.

Salon ralli-reyd talablari bo‘yicha to‘liq qayta ishlandi. Xavfsizlik karkasi, olti nuqtali kamarli qoplama shaklidagi o‘rindiqlar, alohida displeylar hamda uchta to‘liq o‘lchamli zaxira g‘ildirak, asboblar, kriklar va suv uchun joy mavjud.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ford kompaniyasi Ranger va Everest modellarini yangilagani haqida yozgan edik.

Shuningdek