Google YouTube’da yangi funksiyani sinovdan o‘tkazmoqda

26-noyabr 2025 21:37 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
YouTube Tramp bilan sudlashuvni $24,5 million to‘lov evaziga yakunladi
Google YouTube’da yangi funksiyani sinovdan o‘tkazmoqda / Foto: Panorama

Google YouTube tasmasini foydalanuvchi istagiga moslab sozlash imkonini beruvchi Your Custom Feed nomli yangi eksperimental funksiyani test qilmoqda. Bu haqda Android Headlines ma’lum qildi.

Ushbu imkoniyat foydalanuvchilarga YouTube bosh sahifasida ko‘rinadigan kontentni o‘zlari xohlagan tarzda sozlashga yordam beradi. Sinov jarayonida foydalanuvchilar bosh sahifada yangi tugmani ko‘radi. Bu tugma orqali ular tasmani matn ko‘rinishida berilgan ko‘rsatmalar yordamida boshqarishlari mumkin.

Mazkur jarayonda foydalanuvchi kiritgan so‘rovlarni tushunish uchun sun’iy intellekt texnologiyasidan foydalanilishi kutilmoqda. Bu funksiya yordamida tasmani individual istaklar va afzalliklarga moslashtirish mumkin bo‘ladi.

Yangi funksiyaning tasmani qanchalik o‘zgartira olishi hozircha noma’lum. Texnologiya nashrlari ma’lumotlariga ko‘ra, bu imkoniyatga ega foydalanuvchilarni topish juda qiyin. Shuning uchun Google hozircha funksiyani kichik guruhda sinab ko‘rmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Youtube blogerga bitta shorts uchun 25 ming dollar to‘lagani haqida yozgan edik.

Shuningdek