
Nubia kompaniyasi yuqori darajada himoyalangan yangi Nubia S2 smartfonini rasman tanishtirdi. Qurilma katta ekran, mustahkam konstruktsiya va kamyob himoya standartlari bilan ajralib turadi.
Smartfon 6,7 dyuymli TFT-displey bilan jihozlangan bo‘lib, uning aniqligi FHD+ (2400×1080 piksel)ni tashkil etadi. Qurilma ichida Unisoc T8100 protsessori o‘rnatilgan. U 6 GB tezkor xotira va 128 GB ichki xotira bilan ishlaydi. Xotirani 1 TBgacha microSD karta orqali kengaytirish imkoniyati mavjud.
S2 8 mm chiqmagan yupqa korpusga ega bo‘lib, 5 100 mA/soat sig‘imli batareya bilan jihozlangan. Eng muhim jihati — smartfon MIL-STD-810H zarbaga chidamlilik standartiga mos keladi. Bundan tashqari, u IP65, IP68 va IP69 darajasidagi suv va changdan himoya sertifikatlarini olgan. Bu ko‘rsatkichlar boshlang‘ich segmentdagi smartfonlar orasida kamdan kam uchraydi.
Foto imkoniyatlari ikki kamerali modul orqali ta’minlanadi. Asosiy kamera 50 Mp. Old kamera ko‘rsatkichlari hozircha oshkor etilmagan.
Ulanish imkoniyatlari orasida NFC, Bluetooth 5, Wi-Fi 5, 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi nano-SIM va eSIM, shuningdek, 3,5 mm audio raz’em mavjud. Qurilmada barmoq izi skaneri, yuz orqali blokni ochish funksiyasi hamda GPS moduli o‘rnatilgan.
Nubia hozircha smartfonning narxini e’lon etmadi. Kompaniya modelni kundalik faol foydalanish, sayohat va ekstremal sharoitlarga mos keladigan ishonchli qurilma sifatida bozorga chiqarmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Nubia Z80 Ultra global bozorga 650 dollar narx bilan chiqarilgani haqida yozgan edi.