Qariyb 40 ming dollarlik Subaru Trailseeker 2026 taqdim qilindi

6-dekabr 2025 23:19 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: Subaru Corporation

Subaru of America o‘zining yangi to‘liq elektr krossoveri — Trailseeker 2026 modelini rasman namoyish etdi. Bu haqda ElectricCarsReport nashri ma’lum qildi.

Yangi avlod elektromobili kuchli dvigatel, to‘liq uzatma tizimi va katta sensorli ekran bilan jihozlangan. Eng qiziq tomoni, modelning boshlang‘ich narxi $39 995 etib belgilangan.

Uchta komplektatsiya: Premium, Limited va Touring

Barcha versiyalar Subaru’ning Symmetrical All-Wheel Drive tizimi, 14 dyuymli multimedia ekrani va umumiy quvvati 375 ot kuchi (taxminan 280 kVt) bo‘lgan elektr tizimi bilan ta’minlangan. Bir marta to‘liq zaryad bilan 450 km masofani bosib o‘tishi aytilmoqda.

Eng tezkor seriyali Subaru

Yangi Trailseeker 0 – 96 km/soat tezlikka 4,4 soniyada chiqadi – bu AQSh bozorida sotiladigan Subaru modellari orasida eng yuqori ko‘rsatkich.

Foto: Subaru Corporation

Bexavotir off-road: X-MODE, Grip Control, 21 sm balandlik

Elektromobil off-road uchun mo‘ljallangan:

  • 21 sm yo‘l balandligi;
  • X-MODE Dual-Mode: Snow/Dirt va Deep Snow/Mud rejimlari;
  • Grip Control va Downhill Assist Control tizimlari.

Bu esa qorlarda, loyda va yomon yo‘llarda barqaror harakatlanishni ta’minlaydi.

74,7 kVt·soatli batareya va NACS standarti

Trailseeker 74,7 kVt·soat li-ion batareyaga ega.

  • NACS (North American Charging Standard) porti – AQShdagi 25 mingdan ortiq zaryad stansiyasidan foydalanish imkoniyati;
  • 150 kVt quvvatdagi Fast Charging: 80 foizgacha 28 daqiqada;
  • Batareyani oldindan isitish funksiyasi sovuq hududlarda ham tez zaryad olish imkonini beradi.

Amaliy imkoniyatlar

  • Yukxonasi hajmi – 910 litr (Subaru Outback 2026 bilan deyarli bir xil);
  • tom relslari – 317 kg statik yuk ko‘tara oladi;
  • tirkama tortish quvvati – 1587 kg.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan eng ishonchli avtomobil brendlari haqida yozgandi.

Shuningdek