Samsung kompaniyasi SATA SSD ishlab chiqarilishi to‘xtatilishi haqidagi gaplarni rad etdi

16-dekabr 2025 09:42 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: Samsung

Samsung kompaniyasi SATA interfeysli SSD’lar ishlab chiqarilishi to‘xtatilishi haqidagi mish-mishlarni inkor etdi. Bu haqda kompaniya rasmiy izoh berdi.

Avvalroq Moore’s Law Is Dead insayderi Samsung va boshqa ishlab chiqaruvchilar SATA SSD’lardan bosqichma-bosqich voz kechishi mumkinligini bildirgan edi.

Kompaniya javobida SATA interfeysli SSD’lar ishlab chiqarilishi to‘xtatilishi haqidagi ma’lumotlar haqiqatga mos kelmasligini bildirdi. Samsung bunday rejalari yo‘qligini ochiq ta’kidladi.

SATA interfeysli SSD – bu ma’lumotlarni saqlash uchun mo‘ljallangan qattiq holatli xotira qurilmasi bo‘lib, u SATA (Serial ATA) orqali kompyuter yoki noutbukka ulanadi. Ushbu turdagi SSD’lar an’anaviy qattiq disklar bilan solishtirganda ancha tezkor, ishonchli va jim ishlashi bilan ajralib turadi.

SATA SSD’lar odatda 2,5 dyuymli korpusda ishlab chiqariladi va ko‘plab eski hamda yangi kompyuterlarga mos keladi. Ular HDD o‘rniga to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘rnatilishi mumkin. Shu sababli tizimni tezlashtirish uchun eng ommabop yangilanishlardan biri hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Samsung Galaxy A smartfonlari qimmatlashgani haqida yozgan edi.

Shuningdek