
Kafe taomlarini uy sharoitida tayyorlash tobora ommalashmoqda. Shulardan biri – klassik klab-sandvich. Qarsildoq non, dudlangan kurka va yangi sabzavotlar uyg‘unligi bu taomni yengil tushlik yoki kechki ovqat uchun ideal variantga aylantiradi.
Kursiv Uzbekistan kechki ovqatga issiqqina klab-sandvich tayyorlashni o‘rgatadi.
| Masalliq nomi | Miqdori |
|---|---|
| Tost noni | 6 dona bo‘lak |
| Salat barglari | 1 bog‘ |
| Pomidor | 2 dona |
| Bodring | 2 dona |
| Dudlangan indeyka go‘shti | 150 g |
| Mayonez | 3 osh qoshiq |
| Sendvich uchun pishloq | 1 qadoq |
Klab-sandvichni tayyorlash bosqichlari
1-bosqich.
Tost non bo‘laklarini tosterda yoki yog‘siz skovorodkada ikki tomoni yengil qizarguncha qovuring.
2-bosqich.
Pomidor va bodringni yuvib, yupqa doira shaklida to‘g‘rab oling. Salat barglarini tayyorlab qo‘ying.
3-bosqich.
Ikki bo‘lak qizartirilgan nonning bir tomoniga mayonez surting.
4-bosqich.
Mayonez surtilgan non ustiga salat bargi, pomidor va bodring qo‘ying.
5-bosqich.
Sabzavotlar ustiga yupqa to‘g‘ralgan dudlangan indeyka go‘shti va pishloq joylashtiring.
6-bosqich.
Ustiga ikki tomoni mayonez surtilgan non bo‘lagini yopib, ikkinchi qatlamni boshlang.
7-bosqich.
Yana salat bargi, bodring, indeyka go‘shti va pishloq qo‘shing.
8-bosqich.
Uchinchi non bo‘lagining bir tomoniga mayonez surting va sandvich ustini yoping.
9-bosqich.
Sandvichni biroz bosib, shaklini mustahkamlang.
10-bosqich.
Klab-sandvichni ikki uchburchak shaklida kesib, darhol dasturxonga torting.
Klab-sandvichni butun holda yoki ikki uchburchak shaklida kesib tortish mumkin. Kartoshka fri yoki yangi sabzavotlar bilan yaxshi mos keladi.