Huawei aqlli soat va fitnes-braslet bozorida yetakchi bo‘ldi

18-dekabr 2025 09:28 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: Huawei

Huawei aqlli soat va fitnes-braslet bozorida yetakchi bo‘ldi. Bu haqda IDC tahlilchilarining hisobotida qayd etildi. AQSh sanksiyalari ostida bo‘lgan kompaniya bu segmentda sezilarli ustunlikka erishgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yilning birinchi uch choragi davomida Huawei 28,6 mln aqlli soat va fitnes-treker sotgan. Natijada kompaniya bozorda 18,6 foiz ulushni egalladi va sotuv hajmini 21,6 foizga oshirdi. Sotuvlarning katta qismi Xitoy bozoriga to‘g‘ri kelgani muvaffaqiyatning asosiy sababi sifatida ko‘rsatilmoqda.

Ikkinchi o‘rinni Xiaomi egalladi. Kompaniya 27,9 mln qurilma sotib, 18,1 foiz ulush qayd etdi. Bu ishlab chiqaruvchi yetkazib berishni 36,1 foizga oshira olgan.

Apple uchinchi pog‘onani oldi. Kompaniyaning sotuv hajmi 27,9 mln bo‘ldi, ulushi ham 18,1 foiz. IDC Apple’ni uchinchi o‘rinda ko‘rsatgan, biroq raqamlar farqi juda kichik bo‘lgani ta’kidlanadi.

To‘rtinchi o‘rinda Samsung joylashdi. IDC hisoboti ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida raqobat kuchayganini ko‘rsatmoqda. Aqlli gadjetlar bozori esa tez sur’atlar bilan kengayishda davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Huawei MatePad 11.5 S 2026 global bozorga chiqqani haqida yozgan edi.

Shuningdek