
Transfermarkt portali Turkiya chempionatida ishtirok etayotgan futbolchilarning yangilangan narxlarini e’lon qildi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodovning narxi o‘zgarishsiz qoldi. Maydonda ajoyib o‘yin namoyish etayotganiga qaramasdan, hujumchining ayni vaqtdagi bozor qiymati 5 mln yevroni tashkil qilmoqda.

Shu bilan birga, ro‘yxatdagi boshqa ikki nafar o‘zbekistonlik futbolchilar Abbosbek Fayzullaev va Husniddin Aliqulovning narxlarida pasayish kuzatildi. Xususan, Fayzullaevning qiymati 1 mln yevroga arzonlashib, hozirda 7 mln yevroga baholanmoqda. Himoyachi Husniddin Aliqulovning narxi esa 200 ming yevroga pasaydi va hozirgi qiymati 1,5 mln yevroni tashkil qildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Shomurodov Turkiya Superligasida noyabr oyining ramziy tarkibidan joy olgani haqida xabar bergan edi.