40 dollarlik Starlink Router Mini bepul beriladi

19-dekabr 2025 07:44 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
40 dollarlik Starlink Router Mini bepul beriladi / Foto: Starlink

SpaceX yaqin kelajakda Starlink Gen 1 (UTR-201) routeri uchun dasturiy ta’minot yangilanishlari chiqarilmasligini aytdi. Ilk foydalanuvchilar uchun kompensatsiya tariqasida bepul Starlink Router Mini qurilmasi taqdim etilmoqda, deya yozadi Norebookcheck.

Unga ko‘ra, bildirishnomalar 2020-yilda sotib olingan ilk Starlink to‘plamlarining egalari — «yassi antenna» joriy etilishidan va bir yil o‘tib Gen 2 routeri taqdim etilishidan avvalgi foydalanuvchilarga yuborilmoqda.

Kompaniya dasturiy ta’minot yangilanishlari to‘xtashini xavfsizlik, tezlik va tarmoq ishonchliligini yanada yaxshilash zarurati bilan izohladi. SpaceX ma’lumotiga binoan, Gen 1 routeridan yangilanishlarsiz ham foydalanish mumkin. Biroq xavfsizlik choralarining yo‘qligi tarmoqni zaiflashtirish ishlash sifatini pasaytirilishi mumkin.

Birinchi foydalanuvchilar uchun kompensatsiya sifatida kompaniya bepul Starlink Router Mini’ni taklif qilmoqda. Odatda 40 dollarlik narxda sotiladigan ushbu router Wi-Fi 6’ni qo‘llab-quvvatlaydi va Gen 1’dagi Wi-Fi 5’ga nisbatan zamonaviyroq hisoblanadi. Yangi qurilma ancha ixcham bo‘lib, taxminan iPhone 14 hajmiga teng hamda mesh tarmog‘ida ishlash imkoniyatiga ega.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq SpaceX kompaniyasining bozordagi qiymati $800 mlrdga baholanayotgani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek