Passat ePro avtomobili qanday imkoniyatlar bilan chiqadi

24-dekabr 2025 12:30 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: Volswagen

SAIC-Volkswagen 2026-yilda yangi Passat ePro modelini bozorga chiqarishini rasman tasdiqladi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.

Plug-in gibrid (PHEV) sedan ilk bor joriy yil Guangzhou Auto Show doirasida namoyish etilgan. Yangi avtomobil brendning yangi avlod PHEV platformasiga yaratilgan. Old qismida Tech Smart Eye LED faralar, uzluksiz LED chiroq tasmasi va yoritiladigan logotip joy olgan. Yon ko‘rinishda uzun g‘ildirak bazasi ta’kidlanadi. Orqa qism esa gorizontal chiziqlar, qanot yoyilgan uslubdagi LED fonarlar va qizil LED logotip bilan ajralib turadi.

Foto: Volkswagen

O‘lchamlari quyidagicha: uzunligi 5 017 mm, eni 1 850 mm, balandligi 1 489 mm. G‘ildirak bazasi 2 871 mm. Xaridorlar 17 yoki 18 dyuymli disklarni tanlashi mumkin.

Salon gorizontal va yaxlit arxitekturaga ega. Asosiy texnologik elementlar qatorida 12,9 dyuymli markaziy ekran, 10,3 dyuymli raqamli asboblar paneli va old yo‘lovchi uchun alohida media displey bor.

Foto: Volkswagen

Texnik jihatdan model EA211 1.5T EVO II gibrid dvigateli bilan jihozlanadi. Ichki yonuv dvigatelining quvvati 95 kVt. Elektr motor esa 145 kVt (194 ot kuchi) quvvat beradi. 22 kVt/soatli batareya CLTC sikli bo‘yicha 150 km dan ortiq sof elektr yurishini ta’minlaydi. Umumiy yurish zaxirasi 1 300 km ga yetadi.

SAIC-Volkswagen’ning Passat modeli Xitoy bozorida yuqori natija ko‘rsatmoqda. 2025-yil yanvar – oktabr oylarida 187 807 dona avtomobil sotilgan va u qo‘shma korxonalar orasida eng ko‘p sotilgan o‘rta sinf sedaniga aylangan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Volkswagen ID.Unyx 08 elektromobili haqida nimalar ma’lumligi haqida yozgan edi.

Shuningdek