Zeekr 9S gibrid avtomobili 2026-yilda sotuvga chiqadi

25-dekabr 2025 15:05 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: Zeekr

Zeekr 2026-yilning birinchi choragida Xitoy bozoriga yangi Zeekr 9S gibrid krossoverini olib chiqadi. Avtomobil ilgari 8X nomi bilan tanilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, narxi qariyb $64 ming bo‘ladi.

Zeekr 9S flagman 9X’ning ixcham va sport ruhidagi talqini sifatida joylashtirilmoqda. Model brendga xos dizaynni saqlab qolgan. Old qismida yirik radiator panjarasi, ikki darajali faralar va tomda LiDAR joylashgan. Qora rangli disklar sport kayfiyatni kuchaytiradi.

Salon markazida katta sensorli ekran o‘rnatiladi. Uch spikali rul ortida uzatma dastagi joylashgan. Markaziy konsol dizayni Porsche’ning Cayenne modelini eslatadi. O‘rindiqlar 5 yoki 6 kishilik variantda taklif etiladi. Tuzilishi 2+2+2 bo‘lishi mumkin.

Texnik qismda Zeekr 9S 9X modelidagi gibrid kuch qurilmasini saqlab qoladi. Bu 2 litrli turbo DVS va ikkita elektromotordan iborat tizimdir. Umumiy quvvat 660 kVt yoki 885 ot kuchiga teng. Batareya sig‘imi 55 yoki 70 kVt·soat bo‘ladi. 9X’ning yuqori versiyasi esa uchta elektromotor bilan 1 381 ot kuchiga yetadi.

Sportga yo‘naltirilgan Zeekr 9S ikki kamerali pnevmatik osma va faol 48 voltli stabilizator bilan jihozlanadi. Bu avtomobilga yuqori tezlikda barqarorlik va qulay boshqaruvni ta’minlaydi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Zeekr 8X avtomobili qanday interyerda chiqishi haqida yozgan edi.

Shuningdek