«Manchester Siti» egalari «Mumbai City» bilan hamkorlikni yakunladi

25-dekabr 2025 17:10 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Foto: The Guardian

Dunyoning yetakchi futbol xoldingi City Football Group (CFG) Hindistonning «Mumbai Siti» klubi bilan hamkorlikni to‘xtatdi. Bu haqda Times of India nashri xabar bermoqda.

City Football Group klubdagi 65 foiz ulushini Mumbai City Football India Pvt Ltd kompaniyasiga o‘tkazadi. Qolgan 35 foiz ulush avvalgidek mashhur aktyor Ranbir Kapur va tadbirkor Bimal Parexga tegishli bo‘lib qoladi. «Manchester Siti» egalari 2019-yilning noyabr oyida «Mumbai Siti» bilan hamkorlikni boshlagan edi.

Ushbu davr mobaynida klub Serxio Lobera, Des Bukingem va Petr Kratki kabi murabbiylar qo‘l ostida ikki marta Hindiston Superligasi chempionligi va Shield sovrinini qo‘lga kiritdi. City Football Group hozirgi vaqtda dunyoning besh qit’asida 13 ta klubga egalik qildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan O‘zbek futbol klubi «City Football Group» tizimiga qo‘shilishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek