Geely’ga tegishli kompaniya avtomobilni boshqaradigan chiplarni ishlab chiqara boshladi

26-dekabr 2025 15:55 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: Geely

Geely’ga tegishli SiEngine kompaniyasi 2 048 TOPS quvvatli ADAS chiplarini ommaviy ishlab chiqara boshladi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, AD1000 chipi 512 TOPS hisoblash quvvatiga ega. Bir nechta chipni birgalikda ishlatish orqali umumiy quvvat 2 048 TOPS’gacha yetadi. Bu yechim L2’dan L4’gacha avtonom haydash tizimlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

AD1000 7 nm ko‘p yadroli arxitekturaga ega. Xotira o‘tkazuvchanligi 204 GB/s’ni tashkil qiladi. Chip EVITA xavfsizlik standartlarini qo‘llaydi va apparat darajasidagi kriptografik himoyaga ega.

SiEngine chiplarini Geely Galaxy, Lynk & Co, Volvo, Hongqi, Changan Nevo va Volkswagen modellarida uchratish mumkin. Kompaniya Xitoyda 7 nm cockpit SoC ishlab chiqarayotgan yagona mahalliy yetkazib beruvchi hisoblanadi.

Foto: devesoft

Taqqoslash uchun, Xpeng’ning yangi Turing AI chiplari 2 250 TOPS quvvatni taklif qiladi. Xiaomi YU7 modeli Nvidia AG Thor chipidan foydalanadi va u 700 TOPS beradi. Tesla Model Y’da esa AI 4 SoC o‘rnatilgan bo‘lib, uning quvvati 720 TOPS’ni tashkil etadi.

Ma’lumot uchun, SiEngine ishlab chiqargan ushbu ADAS chip avtomobilning harakat jarayonidagi asosiy «miya» vazifasini bajaradi. U avtomobilga o‘rnatilgan kameralar, radar va boshqa sensorlardan keladigan ma’lumotlarni real vaqt rejimida tahlil qiladi. Chip atrof-muhitni raqamli modelga aylantirib, yo‘ldagi avtomobillar, piyodalar, to‘siqlar va yo‘l chiziqlarini aniqlaydi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Geely Galaxy V900 EREV MPV uchun buyurtmalar ochilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek