Qishda avtomobil yonilg‘isini qanday tejash mumkin

29-dekabr 2025 12:30 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Qishda avtomobil yonilg‘isini qanday tejash mumkin
Qishda avtomobil yonilg‘isini qanday tejash mumkin / Foto: ijtimoiy tarmoq

Agar avtomobil shinalardagi bosim ishlab chiqaruvchi tavsiya qilgan me’yordan past bo‘lsa, yo‘l bilan ishqalanish kuchi ortadi. Natijada dvigatel ko‘proq kuch sarflaydi va yonilg‘i iste’moli oshadi.

Tadqiqotlarga ko‘ra, bosimning ozgina kamayishi ham yonilg‘i sarfini ko‘paytiradi. Masalan, bosim darajasining tavsiya etilgan ko‘rsatkichning atigi to‘rtdan bir qismiga pasayishi yonilg‘i sarfining taxminan 2-3 foizga oshishiga olib keladi. Agar bosim optimal qiymatga nisbatan ikki marta kamaytirilsa, sarf endi 5 – 10 foizgacha yetishi mumkin. Qish faslida bu holat yanada kuchayadi, chunki sovuq havoda shina ichidagi bosim tabiiy ravishda pasayadi.

Avtomobil ishlab chiqaruvchisi tavsiya qilgan optimal bosim darajasi odatda haydovchi eshigining ichki qismida yoki foydalanish qo‘llanmasida ko‘rsatiladi. Ayrim haydovchilar bosimni ataylab oshirish yonilg‘ini tejaydi deb o‘ylaydi, ammo mutaxassislar buni tavsiya etmaydi. Chunki bu yonilg‘i tejamkorligini deyarli sezilmaydigan darajada oshiradi, lekin shinalarning tez ishdan chiqishi, yo‘l bilan yopishishning yomonlashuvi, xavfsizlik va qulaylikning pasayishiga olib keladi.

Shu bois mutaxassislar shinalardagi bosimni muntazam tekshirib, faqat ishlab chiqaruvchi belgilagan me’yorlarga amal qilishni tavsiya etadi. Bu yonilg‘ini tejash, xavfsiz harakatlanish va shinalarning uzoq xizmat qilishini ta’minlaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2026-yilning eng qiziqarli avtomobillari: kutilayotgan modellar haqida xabar berilgandi. Unga ko‘ra, 2026-yil avtomobil bozori uchun burilish davri bo‘lishi kutilmoqda. Bunda ishlab chiqaruvchilar amaliy va turli ehtiyojlarga mos yechimlarni taklif qila boshlaydi.

Shuningdek