Arman Sarukyan va Shara Bullet grappling jangi durang bilan yakunlandi

31-dekabr 2025 13:17 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Svyatoslav Polyakov

Svyatoslav Polyakov

Direktor o'rinbosari s.poliakov@kursiv.uz
Foto: X

30-dekabr kuni Armaniston poytaxti Yerevanda Karen Demirchyan nomidagi sport majmuasida Hype Fighting Championship turniri bo‘lib o‘tdi. Kechaning markaziy jangida rossiyalik jangchilar Arman Sarukyan va Shara Bullet grappling yo‘nalishida bahs olib bordi.

To‘qnashuv Submission Only qoidalari asosida, 84 kg vazn toifasida tashkil etildi. Ushbu formatda jang taqdiri faqat raqibni taslim qilish orqali hal bo‘ladi. Hakamlar qarori nazarda tutilmagan.

Jang davomida Arman Sarukyan bosimli va faol taktika namoyish etdi. U bir necha bor raqibini yerga tushirib, ustun pozitsiyani egalladi. Biroq belgilangan vaqt ichida tomonlardan hech biri raqibni taslim qildira olmadi va jang durang bilan yakunlandi.

Tomoshabinlar va sharhlovchilar formatning xususiyati sabab aniq g‘olib aniqlanmaganini qayd etdi. Ayrim fikrlarga ko‘ra, hakamlar bahosi yo‘qligi jang tomoshabopligiga ham ta’sir ko‘rsatgan.

Bahs yakunida har ikki sportchi revansh o‘tkazishga tayyor ekanini bildirdi. Hype FC turniri esa Sarukyan va Shara Bullet jangi bilan birga boy jang kartasi sabab jangovar sport muxlislari e’tiborini tortdi.

Eslatib o‘tamiz, Belarus prezidentini xokkeyda yiqitishgani haqida yozgan edi.

Shuningdek