O‘zbekiston U-23 jamoasi penaltilar seriyasida Xitoyga yutqazib, musobaqani tark etdi

17-yanvar 2026 19:52 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: O‘FA

23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogida chorakfinal bahslari bo‘lib o‘tmoqda.

Bugun, 17-yanvar kuni O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi yarimfinal yo‘llanmasi uchun Xitoy jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Foto: O‘FA

Uchrashuvning asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarida hisob ochilmadi – 0:0. G‘olib penaltilar seriyasida aniqlandi. Unda Xitoy futbolchilariga omad kulib boqdi va ular 4:2 natija bilan yarimfinalga yo‘l oldi.

Foto: O‘FA

Shu tariqa O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo kubogi bilan xayrlashdi. Xitoy yoshlar jamoasi esa yarimfinalda Vyetnamga qarshi maydonga tushadi.

Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekiston U-23 terma jamoasining Xitoyga qarshi asosiy tarkibi e’lon qilingani haqida yozgandi.

Shuningdek