Redmi K100 Pro Max kuchli kamera bilan taqdim etiladi

29-yanvar 2026 20:08 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Jurnalist h.muxtorova@kursiv.media
Redmi K100 Pro Max kuchli kamera bilan taqdim etiladi / Foto: Grok

Redmi yangi flagman smartfonlaridan biri Redmi K100 Pro Max’ni taqdim etadi. Bu haqda Mydrivers nashri ma’lum qildi.

Qurilma yangi Qualcomm Snapdragon 8 Elite Gen6 platformasi bilan jihozlanadi. Snapdragon 8 Elite Gen6 TSMC kompaniyasining N2P texnologiyasi asosida ishlab chiqariladi va 2+3+3 arxitekturasiga ega bo‘ladi. Superyadro chastotasi 5 GGs dan oshishi mumkin, bu Android smartfonlari orasida benchmark natijalarini yaxshilash imkonini beradi.

Foto: Mydrivers

Redmi K100 Pro Max yagona chipli tizim bilan bir qatorda 200 megapikselli kamera bilan jihozlanadi. Yangi 2 nanometrli chipli tizim asosidagi flagmanlarning aksariyati shunday kameralar bilan ta’minlanadi.

2-nm chiplar va xotira narxining oshishi sababli yilning ikkinchi yarmida chiqariladigan flagman telefonlar narxi ortishi mumkin. Shu bois, Redmi K100 Pro Max’ning boshlang‘ich narxi ham yuqorilanishi ehtimoli mavjud. Ma’lumot uchun, Redmi K90 Pro Max’ning boshlang‘ich narxi $575 ni tashkil etgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xiaomi Redmi Turbo 5 Max qanday texnik xususiyatlarga egaligi haqida xabar bergan edik.

Shuningdek