IKEA yangi dizayndagi bluetooth-kolonkani taqdim etdi

3-fevral 2026 19:33 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: IKEA

IKEA noodatiy dizayndagi yangi bluetooth-kolonkani taqdim etdi. Mebel ishlab chiqaruvchi kompaniya Grejsimojs kolleksiyasi doirasida sichqoncha shaklidagi ko‘chma binafsha rang kolonkani sotuvga chiqardi. Bu haqda kompaniya rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, mazkur qurilma «yoqimli ko‘rinishi bilan kayfiyatni ko‘taradi, raqsga chorlaydi va uyga iliqlik bag‘ishlaydi». U oshxonadagi jo‘shqin ritmlardan tortib, uxlash oldi ertaklarigacha bo‘lgan turli holatlar uchun mos keladi. Kolonkaning narxi taxminan $13 ni tashkil etadi.

Sichqoncha shaklidagi kolonkaga qulay ko‘tarib yurish uchun arqonli remeshok o‘rnatilgan. Zaryadlash porti esa o‘yinchoqning qorin qismida yashirilgan. Qurilma Multi-Speaker funksiyasini ham qo‘llab-quvvatlaydi — bu orqali bir nechta IKEA bluetooth-kolonkalari birlashtirilib, musiqa sinxron tarzda ijro etilishi mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samsung Music Studio portativ kolonkalari taqdim etilgani haqida yozgandi.

Shuningdek