Xiaomi uchun alohida magnitli kamera va obyektivlar ishlab chiqarilishi mumkin

5-fevral 2026 15:31 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Smartfonlar uchun alohida magnitli kamera va obyektivlar ishlab chiqarilishi mumkin
Foto: Xiaomi

Digital Chat Station ma’lumotiga ko‘ra, smartfonlar uchun magnitli kamera va obyektiv modullari endi ommaviy ishlab chiqarishni rejalashtirish bosqichiga o‘tgan.

Aniq muddatlar hali tasdiqlanmagan bo‘lsa-da, tajriba sifatida ko‘rilgan yechim endi tijoriy bozorga chiqishga tayyor ekanini ko‘rsatadi.

Manba qaysi brend ekanini aniq aytmagan, biroq eng asosiy nomzod sifatida Xiaomi tilga olinmoqda. O‘tgan yili kompaniya Xiaomi 15 seriyasi bilan birga modulli optik tizimni namoyish qilgan edi. Uni Xiaomi rahbari Ley Jun jonli efirda ko‘rsatib, loyiha hozircha ichki dastlabki ishlanmalar bosqichida ekanini ta’kidlagan.

Gap magnit orqali ulanadigan va olinadigan obyektiv haqida ketmoqda. Unda Micro Four Thirds formatidagi maxsus sensor va to‘liq asferik optika qo‘llaniladi. Ushbu kamera Micro 4/3 sensoriga ega bo‘lib, u oddiy smartfon kameralaridagi sensorlardan ancha katta. Obyektiv F/1.4 diafragma va 35 mm ekvivalent fokus masofasiga ega.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xiaomi 17 seriyasi uchun yangi dasturiy ta’minot yangilanishi taqdim etilgandi. Yangilanish hozirda barqaror beta-test bosqichida bo‘lib, foto va video sifatini yaxshilashga qaratilgan. 

Shuningdek