
YouTube foydalanuvchilar uchun qulayroq va arzonroq YouTube TV tarif paketlarini ishga tushirdi. Kompaniya oyiga $82.99 turadigan asosiy paketni saqlab qolgan holda, undan arzon bo‘lgan 10 dan ortiq yangi variantlarni taklif qilmoqda.
Yangi paketlar foydalanuvchilarga sport, yangiliklar va ko‘ngilochar kanallar bo‘yicha o‘z qiziqishlariga mos reja tanlash imkonini beradi. Jumladan, Sport paketi oyiga $64.99, Sport + Yangiliklar paketi $71.99, Ko‘ngilochar paketi $54.99, Yangiliklar + Ko‘ngilochar + Oila paketi esa $69.99 turadi.
Sport paketi asosiy rejadan $18 arzon bo‘lib, unda FS1, NBC Sports Network, barcha ESPN kanallari va ESPN Unlimited mavjud. Yangiliklar paketida CNBC, Fox News, CNN, MS NOW, Bloomberg kabi xalqaro telekanallar bor. Ko‘ngilochar paket esa FX, Hallmark, Comedy Central, Bravo, Paramount, Food Network va HGTV kabi kanallarni o‘z ichiga oladi.
Kichik bolali oilalar Disney Channel, Nickelodeon, National Geographic, Cartoon Network va PBS Kids kabi kanallarni qo‘shimcha haq evaziga ulashlari mumkin. Shuningdek, yangi obunachilar uchun chegirmalar ham taklif qilinadi.
Foydalanuvchilar cheksiz DVR, bitta akkauntda 6 nafar oila a’zosini qo‘llab-quvvatlash, multiview funksiyasi va boshqa xizmatlardan foydalanishda davom etadilar. Qo‘shimcha sifatida NFL Sunday Ticket + RedZone, HBO Max va 4K Plus xizmatlarini ham ulash mumkin.
Eslatib otamiz, avvalroq YouTube Music barcha qurilmalarda ijro navbatini sinxronlashtirishi haqida xabar bergan edik.