
AQSHning Renntech kompaniyasi afsonaviy Mercedes-Benz SEC modelini qayta yangiladi. Bu haqda Carcoops xabar bermoqda.
Loyiha SEC V12 Sledgehammer deb nomlandi va 1980-yillardagi kult Mercedes-Benz SEC kupesi asosida yaratilgan eksklyuziv restomod hisoblanadi. Nomi AMG Hammer an’anasiga ishora qiladi.

Loyihaning asosiy diqqat tortadigan tomoni M120 V12 dvigateli. U ilgari Pagani Zonda va Mercedes CLK GTR’da qo‘llangan. Renntech muhandislari agregatni to‘liq qayta ishladi, hajmini 7,5 litrgacha oshirdi. Natija dvigatel 660 ot kuchi va 881 Nm momentni tashkil etdi.
Tashqi ko‘rinish ham keskin o‘zgargan. Maxsus yangilangan radiator panjarasi va kapot, kengaytirilgan qanotlar, orqa diffuzor va spoyler, kovka disklar qo‘llangan. Tormoz tizimi kuchaytirilgan.

Loyiha qat’iy limitlangan. Atigi 12 dona avtomobil ishlab chiqariladi. Har bir nusxa ichki salon bo‘yicha to‘liq individual sozlanadi. Narx e’lon qilinmagan. Birinchi mijoz avtomobili 2027-yilda tayyor bo‘lishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan yangi avlod Mercedes-Benz S-Class modeli taqdim etilgani haqida yozgan edi.