Yangi «Mumiyo» filmi qachon chiqadi

11-fevral 2026 13:28 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Temur Djanzakov

Temur Djanzakov

Muxbir t.jonizoqov@kursiv.media
Foto: Rakuten TV

Yangi «Mumiyo» filmi 2028-yil 19-may kuni premyera qilinadi. Loyiha ustida Universal Pictures kinokompaniyasi ishlamoqda. Bu haqda Deadline nashri xabar bermoqda.

Filmda Rik O’Konell roliga yana Brendan Fraser qaytadi. Evelin obrazini esa yana Rachel Ueisz gavdalantiradi.

Syujet tafsilotlari hozircha oshkor etilmagan. Avvalgi xabarlarga ko‘ra, yangi qism 2008-yilda chiqqan uchinchi film voqealarini e’tiborga olmasligi mumkin.

Rejissyorlar Tayler Jillett va Mett Bettinelli-Olpin bo‘ladi. Ssenariyni Devid Koggesholl yozishi ma’lum qilindi.

Мумия | Mummy | Дублированный трейлер 1999 г. на Русском языке

Shuningdek, aprel oyida yana bir «Mumiyo» filmi chiqishi kutilmoqda. Uni rejissyor Li Kronin suratga olgan. Ushbu loyiha Fraser ishtirok etayotgan yangi qism bilan bog‘liq bo‘lmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri «Ta’sischi» filmi haqida yozgan edi.

Shuningdek