Qirg‘izistonlik model bobosining choponida Vogue sahifalariga tushdi

12-fevral 2026 09:54 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: Young Chul Kim / Vogue

Qirg‘izistonlik model Shadiya Isayeva Seul moda haftaligida o‘ziga xos obrazi bilan e’tibor markaziga aylandi. U namoyishga buvisi va bobosiga tegishli kiyimlarda tashrif buyurib, Vogue nashri sahifalaridan joy oldi. Bu haqda nashrning rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.

Seul moda haftaligi 3 – 8-fevral kunlari bo‘lib o‘tdi. Tadbirning to‘rtinchi kunida Isayeva qirg‘iz milliy uslubini namoyish etishga qaror qildi. Uning yonida to‘liq milliy libos bo‘lmagan, faqat bobosining choponi va buvisining ro‘moli bor edi. Model ushbu kiyimlarni yaqinlari xotirasiga hurmat sifatida tanlaganini aytdi.

«Shu yo‘l bilan milliy madaniyatimizni va o‘z hikoyamni — men uchun chinakam qadrli bo‘lgan narsalar orqali ko‘rsatishni istadim», – deb yozdi u TikTok’dagi sahifasida.

Namoyish vaqtida modelni fotograf Yang Chul Kim suratga olgan. Keyinchalik ushbu suratlar Vogue’ning Seul moda haftaligidan eng yaxshi obrazlar jamlangan materialiga kiritilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2026-yilda moda olamida kutilayotgan trendlar haqida yozgandi.

Shuningdek