Yanvarda Kia Chevroletdan o‘zib ketdi: eng ko‘p sotilgan avtomobillar

16-fevral 2026 17:19 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Yanvarda Kia Chevroletdan o‘zib ketdi: eng ko‘p sotilgan avtomobillar
Foto: kia

Yanvar oyida Qozog‘iston avtomobil bozorida Kia avtomobillari Chevroletga nisbatan ko‘proq sotildi. Dilerlik markazlari orqali jami 14,1 mingta avtomobil sotildi.

Oy yakunlariga ko‘ra, brendlar reytingida birinchi o‘rinni Kia egalladi. Kompaniya 2,8 mingta avtomobil sotdi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 183,1% ko‘p. Ikkinchi o‘rinda Hyundai 2,7 mingta avtomobil bilan joy oldi. Uchinchi o‘rinni esa 2,5 mingta sotuv bilan Chevrolet egalladi.

O‘rinMarka2026-yil yanvar oyidagi sotuv (dona)
1Kia2774
2Hyundai2698
3Chevrolet2512
4Chery1007
5Changan717
6JAC683
7Jetour600
8Haval546
9Toyota397
10Geely350

Mutaxassislar Kia’ning yuqori natijasini 2025-yilda ishlab chiqarilgan modellar uchun taqdim etilgan chegirmalar bilan bog‘lamoqda.

Modellar kesimida esa yetakchilik Chevrolet Cobalt’da qoldi. Yanvar oyida 2,2 mingta Cobalt sotildi. Ikkinchi o‘rinni 1,5 mingta natija bilan Kia Sportage egalladi. Uchinchi pog‘onada esa 1,4 mingta sotuv bilan Hyundai Tucson joylashdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yanvar oyida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan va import qilingan yangi yengil avtomobillar savdosi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7,2 foizga oshib, 28,6 ming donani tashkil etgandi. Mahalliy ishlab chiqarilgan yangi avtomobillar segmentida sotuvlar o‘tgan yil yanvar oyiga nisbatan 11 foizdan ortiq o‘sib, 24 ming donadan ziyodni tashkil etdi.

Shuningdek