Chevrolet Equinox elektromobili ishonchlilikni yo‘qotmoqda

20-fevral 2026 09:27 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Chevrolet Equinox elektromobili ishonchlilikni yo‘qotmoqda
Foto: Chevrolet

General Motors elektromobillar qatorida arzon kirish modeli sifatida targ‘ib qilayotgan Chevrolet Equinox EV egalarini to‘liq qoniqtirmayapti. Bu haqda GM Authority nashri ma’lum qildi.

J.D. Power tomonidan e’lon qilingan 2026-yilgi AQSh Electric Vehicle Experience Ownership Study hisobotiga ko‘ra, model 722 ball to‘plagan. Bu ko‘rsatkich ommaviy segment bo‘yicha o‘rtacha 727 balldan past.

Equinox EV ommaviy segmentda quyi o‘rinlardan birini egalladi. Undan past natija ko‘rsatgan ikkita model bor xolos. Bular Chevrolet Blazer EV va Honda Prologue. Har uchala model ham GM’ning BEV3 platformasiga asoslangan.

Foto: Chevrolet

Segmentda yetakchi bo‘lgan model esa Ford Mustang Mach-E bo‘ldi. U 760 ball bilan birinchi o‘rinni oldi. Undan keyingi pog‘onalarda Hyundai IONIQ 6 va Kia EV9 joylashgan.

Tadqiqot egalar qoniqishini avtomobilning birinchi yilidagi o‘nta mezon asosida baholaydi. Ular orasida batareya masofasining aniqligi, egalik xarajatlari, haydashdan zavq va sifat ko‘rsatkichlari bor.

2025-yilda segment bo‘yicha o‘rtacha ball 725 edi. 2026-yilda bu ko‘rsatkich 727 ga ko‘tarildi. Chevrolet Equinox EV esa 722 ball bilan umumiy o‘sish sur’atiga yetib bora olmadi.

Foto: Chevrolet

Federal soliq imtiyozlari 2025-yil sentabrida bekor qilingach, AQShda elektromobil bozori ulushi qisqardi. Shunga qaramay, yangi EV egalari orasida umumiy qoniqish darajasi oshgani aytilmoqda. Chevrolet’ning ayrim modellari esa bu ijobiy trenddan ortda qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri yangi Chevrolet Tracker 2026 sotuvga chiqqani haqida yozgan edi.

Shuningdek