Chevrolet Tracker avtomobili Midnight talqinda taqdim etildi — foto

23-fevral 2026 09:10 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Chevrolet Tracker avtomobili Midnight talqinda taqdim etildi: foto
Foto: GMAutority

General Motors 2026-yilgi Chevrolet Tracker va Chevrolet Trailblazer uchun yangi Midnight Edition uslub paketini taqdim etdi. Bu haqda GMAutority nashri xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, yangi paket krossoverlarga yanada jiddiy va qoramtir dizayn beradi. Tracker Midnight Edition faqat LT komplektatsiyasida taklif qilinadi. U 17 dyuymli qora rangdagi alyuminiy disklar bilan jihozlanadi va old qismda qora panjara elementi hamda qora emblema qo‘llaniladi. Shuningdek, yon oynalar qopqoqlari va tom relslari ham qora rangda bo‘ladi.

Foto: GMAutority

Avtomobil tashqi ko‘rinishidagi barcha yorqin xrom detallari deyarli butunlay yo‘qoladi. Xaridorlar esa qora elementlarni istalgan kuzov rangi bilan uyg‘unlashtira oladi. Midnight paketi narxi $695 etib belgilangan.

Trailblazer Midnight ham LT versiyasi asosida ishlab chiqilgan. Bunda 18 dyuymli qora disklar o‘rnatiladi va bu modelga yanada agressivroq qiyofa beradi. Old panjara chizig‘i, Chevrolet belgisi va boshqa tashqi shildiklar ham qora rangda ishlangan.

Foto: GMAutoirty

Trailblazer uchun Midnight paketi $895 turadi. Rang tanlashda hech qanday cheklov yo‘q, mijozlar standart bo‘yoq variantlaridan istalganini tanlashi mumkin.

Har ikki model GM VSS-F platformasida ishlab chiqariladi. Asosiy dvigatel 1,2 litrli uch silindrli turbomotor hisoblanadi. Trailblazer uchun qo‘shimcha ravishda 1,3 litrli turboversiya ham mavjud.

Tracker Janubiy Koreyadagi Changwon zavodida yig‘iladi. Trailblazer esa Bupyeong ishlab chiqarish maydonida ishlab chiqariladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri yangi Chevrolet Tracker 2026 sotuvga chiqqani haqida yozgan edi.

Shuningdek