iPhone 18 Pro seriyasi iyuldan ishlab chiqarilishi kutilmoqda

23-fevral 2026 17:53 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
iPhone 18 Pro seriyasi iyuldan ishlab chiqarilishi kutilmoqda
Foto: iphones.ru

iPhone 18 Pro seriyasi iyuldan ishlab chiqarilishi kutilmoqda. Bu haqda ta’minot zanjiridan olingan ma’lumotlarga asoslangan holda Mydrivers xabar berdi.

Apple’ning sentabr oyidagi taqdimoti kompaniya tarixidagi eng qiziqarli tadbirlardan biri bo‘lishi kutilmoqda. Unda kompaniya ilk bor buklanuvchi iPhone Fold modelini hamda yangi flagmanlar iPhone 18 Pro seriyasini taqdim etishi mumkin.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi qurilmalar iyul oyida ommaviy ishlab chiqarishga chiqariladi. iPhone 18 Pro seriyasida dizaynda katta o‘zgarishlar bo‘lmasligi aytilmoqda. Biroq asosiy yangilik TSMC’ning 2 nanometrli texnologiyasi asosida yaratilgan A20 Pro protsessori bo‘ladi.

Avvalroq Bloomberg nashri jurnalisti Mark Gurman Apple iPhone 18 Pro va iPhone 18 Pro Max modellarini yangi to‘q qizil rangda taqdim etishni ko‘rib chiqayotganini bildirgandi. Agar bu tasdiqlansa, Pro va Pro Max modellari ilk bor qizil rangga yaqin tusda chiqariladi. So‘nggi bor Apple qizil rangni iPhone 14 va iPhone 14 Plus modellarida taklif qilgan edi. 

Shuningdek, buklanadigan iPhone modeli haqida ham ma’lumot berildi. Apple bu modelda yorqin ranglardan voz kechib, an’anaviy ranglarni tanlashi mumkin. Xususan, kosmik kulrang yoki qora hamda kumush yoki oq ranglar taklif etilishi kutilmoqda.

Shuningdek