
Xiaomi kompaniyasi yangilangan Xiaomi SU7 modelini yangi rangda namoyish qildi. IT Home’ga ko‘ra, kompaniya rahbari Ley Jun avtomobil taqdimoti 2026-yil apreliga rejalashtirilganini tasdiqladi.
Yangi rang blazing red, ya’ni yonib turgan qizil deb nomlanadi. U to‘q, vino tusiga yaqin va yorug‘likka qarab o‘zgarib turadi. Kuzov bo‘yog‘ida toza qizil pigment va mayda metall zarrachalar ishlatilgan. Shu sababli avtomobil sirtida uch o‘lchamli yaltiroq effekt hosil bo‘ladi.

Keyinchalik Xiaomi Auto bo‘limi avtomobilning turli rakurslardagi rasmlarini ham e’lon qildi. Kompaniya vakillari bu rangni «yangi yilning birinchi haqiqiy qizili» deb atab, u tong shafag‘ining yorqinligidan ilhomlanganini ta’kidladi.
Yangi Xiaomi SU7 savdosi 2026-yil aprel oyida boshlanishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq yangi Xiaomi SU7 avtomobili 902 km yurish masofasiga ega bo‘lishi haqida xabar berilgandi. Model uchun oldindan buyurtmalar boshlangan. U uchta talqinda taklif qilinmoqda. Narxlar $32,8 mingdan $44,3 minggacha bo‘lgan oraliqni tashkil etadi.