Krishtianu Ronaldu Ispaniyaning «Almeria» klubi hammuassisiga aylandi

26-fevral 2026 16:02 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Foto: Telegram-kanal / Xayrulla Hamidov

Krishtianu Ronaldu Ispaniya ikkinchi divizionida ishtirok etuvchi «Almeria» klubining 25 foiz aksiyasini xarid qildi. Ushbu kelishuv futbolchining CR7 Sports Investments kompaniyasi orqali amalga oshirilgan. Bu haqda klub ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

Ronaldu bu qarorini maydon tashqarisida ham futbolga hissa qo‘shish istagi bilan izohlagan. Kelishuvning moliyaviy qiymati hozircha ochiqlanmagan. Ispan klubi bir yil oldin Saudiya Arabistoni sarmoyadorlari tomonidan sotib olingan edi. Guruh rahbari va klub prezidenti Muhammad Al-Xereyji Ronalduning bu tanlovidan mamnun ekanini bildirgan.

Ma’lumot uchun, «Almeria» 1989-yilda tashkil topgan bo‘lib, ayni paytda Ispaniya ikkinchi divizionida 27 o‘yindan so‘ng 48 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda. Jamoa peshqadamdan atigi ikki ochkoga ortda qolmoqda. Yangi hammuassis ishtirokidagi ilk o‘yin juma kuni «Albasete» jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Ronaldu Saudiya Arabistonidagi hashamatli oroldan ko‘chmas mulk xarid qilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek