Audi E7X yorqin dizayn va katta quvvat bilan taqdim etildi

2-mart 2026 08:46 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: ITHome

SAIC Audi yangi elektr krossoveri — Audi E7X modelining ilk rasmiy tizerlarini e’lon qildi. Bu haqda Tarantas news nashri xabar berdi.

Here it comes shiori ostida taqdim etilgan suratlarda brendning o‘ziga xos yorug‘lik dizayni namoyish etilgan. Modelning to‘liq premyerasi 2026-yilgi Pekin avtosalonida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda, savdolar esa yilning birinchi yarmida boshlanadi.

Audi an’anaviy ravishda ilg‘or optik texnologiyalari bilan tanilgan. Yangi E7X’da ham aynan shu jihatga urg‘u berilgan: tizerlarda yorqin to‘rtburchak shakldagi orqa chiroqlar va o‘ziga xos yorug‘lik grafikasi ko‘zga tashlanadi. Vertikal raqamli matritsali LED faralar yuqori aniqlikdagi proyeksiya va atrof-muhit bilan muloqot funksiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Audi E7X 2026 | Next Level Tech & Performance

Seriyali versiya dizayn jihatidan Audi E5 Sportback konseptining uslubini davom ettiradi, biroq uni yirik SUV formatiga moslashtiradi. Avtomobil o‘lchamlari ham segmentga mos: uzunligi 5049 mm, eni 2002 mm, balandligi 1708 mm, g‘ildirak bazasi esa 3060 mm. Bu esa keng salon va nufuzli tashqi ko‘rinishni va’da qiladi.

Texnik jihatdan model ikki xil quvvat variantida taqdim etiladi: 300 kVt va 500 kVt. Mos ravishda aylanish momenti 500 Nm va 800 Nmni tashkil etadi. Narxlar hozircha e’lon qilinmagan, biroq E5 Sportback’ning boshlang‘ich narxi $33,5 ming ekani E7X’ning taxminiy pozitsiyasiga ishora qiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xiaomi ilk giperkari Vision Gran Turismo modelini namoyish qilgani haqida yozgandi.

Shuningdek