
Bugun, 2-mart kuni «Uzoq shahar» («Uzak Şehir») serialining navbatdagi 52-qismi efirga uzatiladi. Kanal D namoyish oldidan yangi qismning barcha tizerlarini e’lon qildi.
23-fevral kuni 52-qismning ilk tizeri e’lon qilingandi. Unda Alya o‘rmonda yugurib ketayotib yiqilib, boshini toshga uradi. Mazkur sahnada Denizni Boran qaytib oladi va bu jarayonda u Alyani ham olib qochishga urinadi, ammo qo‘ldan chiqaradi. Jihan esa akasini va Ejmelni zaiflashtirish uchun keskin choralar ko‘radi va Alyani topishga urinadi.
Ushbu qismning 2-tizer videosida ma’lum bo‘lishicha, yangi qismda Alya Jihan tirik qolishi uchun o‘g‘lidan voz kechadi. Uning manzilini Ejmel va Boranga aytadi. Buning qanchalar katta fidoyilik ekanini bilgan Jihan Denizni qaytarib olish uchun yanada qattiqroq harakat qiladi. Boran esa Alyani taqib qilishda davom etadi.
52-qism namoyishi oldidan oxirgi 3-tizer video ham e’lon qilindi. Unda Alya Deniz bilan videoqo‘ng‘iroqda gaplashadi, ammo Boran keyin aloqani uzadi. Shuningdek, Jihan bitta manzilga hujum qilishga tayyorlanmoqda. Bu katta ehtimol bilan Boran Denizni yashirgan joy bo‘lishi mumkin. Bu qismdagi endi eng katta savollardan biri esa Alyani nima kutayotgani bo‘lmoqda. Chunki Boran uni taqib qiladi.
Eslatib o‘tamiz, «Uzoq shahar» («Uzak Şehir») serialining navbatdagi 52-qismi 2-mart Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da «Kanal D» telekanalida namoyish etiladi.