«Real Madrid» kutilmaganda «Xetafe»ga imkoniyatni boy berdi

3-mart 2026 09:49 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Foto: Getty Images

Ispaniya La Ligasining 26-turida «Real Madrid» o‘z maydonida «Xetafe»ni qabul qilib, 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Yagona gol 39-daqiqada Martin Satriano tomonidan kiritildi.

Uchrashuvning 39-daqiqasida Martin Satriano ajoyib zarba bilan Tibo Kurtua qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol qildi. Bunga qadar Vinisius Junior qulay imkoniyatdan foydalana olmagan edi. «Xetafe»ning kuchli himoyasi mezbonlarga gol urishga imkon bermadi.

HIGHLIGHTS | Real Madrid 0-1 Getafe | LaLiga

O‘yin oxirida har ikki jamoa a’zolari maydondan chetlatildi. «Real Madrid» futbolchisi Franko Mastantuono hakamga nisbatan nomaqbul so‘z ishlatgani uchun 95-daqiqada qizil kartochka oldi. Oradan ikki daqiqa o‘tib, mehmonlar vakili Adrian Liso vaqtni cho‘zgani sababli ikkinchi sariq kartochka bilan jazolandi.

Foto: BBC

Qirollik klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa jarohat olgan Kilian Mbappe va Jud Bellingem xizmatidan foydalana olmadi. Arbeloa boshqaruvidagi so‘nggi 12 ta o‘yinning to‘rttasida «Real Madrid» mag‘lubiyatga uchradi. 60 ochko jamg‘argan madridliklar turnir jadvalida «Barselona»dan 4 ochkoga ortda qolmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Vinisiusning goli «Real Madrid»ga «Benfika» ustidan g‘alaba keltirgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek