
Yonilg‘i narxlarining keskin oshishi fonida ko‘plab haydovchilar arzon elektromobillarga e’tibor qaratmoqda. Bunday vaziyatda ikkilamchi bozordan eng arzon va amaliy elektromobillardan biri — Chevrolet Spark EV hisoblanadi.
Avtomobil jurnalisti Logan Karter ta’kidlashicha, ayniqsa shaharda qisqa masofalarda harakatlanadigan haydovchilar uchun bu model juda qulay bo‘lishi mumkin.
Chevrolet Spark EV nimasi bilan ajralib turadi
- Quvvati: 140 ot kuchi
- Aylanish momenti: 400 Nm gacha
- Batareya yurish masofasi: taxminan 132 km (82 mil)
- Tez zaryadlash: 20 daqiqada 80% gacha.
Kichik shahar avtomobili bo‘lishiga qaramay, Spark EV tezkor tezlanishi bilan ham ajralib turadi. Avtomobil Level 3 tezkor zaryadlash tizimini qo‘llab-quvvatlaydi, bu esa qisqa vaqt ichida batareyani to‘ldirish imkonini beradi.
Narxi qancha
Ikkilamchi bozorda Chevrolet Spark EV narxi $5 mingdan $10 minggacha bo‘lishi mumkin. Shu sababli u eng arzon elektromobillardan biri sifatida qaraladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Chevrolet Tracker va Spark 20 ming dollardan arzon 5 ta avtomobil ro‘yxatiga kirgani haqida yozgandi.