
OnePlus yangi flagman smartfoni 15T modelini 24-mart kuni taqdim etadi. Bu haqda Digital Chat Station xabar qildi.
Kompaniya bu qurilmani kichik ekranli, lekin kuchli smartfon sifatida ta’riflamoqda. Unda 6,32 dyuymli tekis displey bo‘ladi. Ekran atrofidagi ramkalar teng joylashgan.
Smartfon orqa dizayni sodda bo‘ladi. Kamera bloki yuqori burchakka joylashtirilgan. Qurilma yashil, to‘q rang va oq ranglarda taklif etilishi kutilmoqda.
OnePlus 15T Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessori bilan ishlaydi. Qurilma AnTuTu testida 4,45 mln ball to‘plagan.
Model 7500 mA/soat sig‘imli katta batareya bilan jihozlanadi. 100 Vt tezkor simli zaryadlash va 50 Vt simsiz zaryadlash qo‘llab-quvvatlanadi. Smartfon Android 16 asosidagi ColorOS 16 tizimida ishlaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq OnePlus 16 kuchli batareya va 200 MP kameralar bilan chiqishi mumkinligi xabar qilingandi. Qurilma BOE ishlab chiqargan OLED displey bilan jihozlanishi kutilmoqda. Ekran 1,5K aniqlikka ega bo‘ladi va yangilanish chastotasi 240 Hz gacha yetadi.