General Motors yangi avtomobili uchun chegirma e’lon qildi

23-mart 2026 16:10 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
General Motors yangi avtomobili uchun chegirma e’lon qildi
Foto: GMAutority

General Motors (GM) yangi Buick Enclave avtomobili uchun chegirma e’lon qildi. Bu haqda GMAutority nashri xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi Enclave uchun 0,9 foizli kredit stavkasi 36 oy muddatga taklif qilinmoqda. Bundan tashqari, avtomobil xarid qilgan mijozlar 120 kun davomida to‘lov qilmaslik imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ayrim xaridorlar uchun esa $1,75 minggacha chegirma beriladi.

Foto: GM

Shuningdek, model uchun maxsus lizing dasturlari ham joriy etilgan. Masalan, ayrim bozorlarda avtomobilni oyiga $389 to‘lov bilan ijaraga olish mumkin. Bunda boshlang‘ich to‘lov va boshqa shartlar hududga qarab farqlanadi.

2026 Buick Enclave narxi komplektatsiyaga qarab $48,4 mingdan $62 minggacha etib belgilangan. Model uchta asosiy versiyada taqdim etiladi.

Avtomobil texnik jihatdan 2,5 litrli turbo dvigatel bilan jihozlangan bo‘lib, 328 ot kuchi ishlab chiqaradi. U 8 pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi bilan ishlaydi. Old g‘ildirakdan tortish tizimi standart, to‘liq tortish esa opsiya sifatida taklif etiladi.

Foto: GM

Modelda yarim avtonom boshqaruv tizimi — Super Cruise ham mavjud. Bundan tashqari, yangi ranglar, kengaytirilgan kameralar tizimi va kartali kalit funksiyasi joriy etilgan.

Mazkur aksiyalar 2026-yil 31-martgacha amal qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Chevrolet avtomobillarida eng ko‘p uchraydigam muammolar va ularning yechimini bitta maqolaga jamlagan edi.

Shuningdek