Chevrolet Trailblazer 2027-yilda 1,2 litrli dvigateldan voz kechadi

24-mart 2026 21:05 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Chevrolet Trailblazer
Foto: Drive2

Chevrolet kompaniyasining Chevrolet Trailblazer modeli 2027-yilgi talqinda dvigatel qatorida jiddiy o‘zgarishlarga uchraydi. Ma’lumotlarga ko‘ra, modeldan 1,2 litrli turbo dvigatel chiqarib tashlanadi, deya yozmoqda Speed.ru nashri.

Hozirda ushbu 1,2 litrli agregat old g‘ildirakdan tortuvchi LS va LT komplektatsiyalarida asosiy variant hisoblanadi. Uning olib tashlanishi dvigatellar qatorini soddalashtiradi, biroq eng arzon komplektatsiya ham yo‘qolishiga olib keladi.

Endilikda 2027-yilgi Trailblazer barcha versiyalarda faqat 1,3 litrli turbo dvigatel bilan taklif etilishi kutilmoqda. Hozirgi modelda bu dvigatel qo‘shimcha to‘lov evaziga yoki yuqori komplektatsiyalarda standart tarzda beriladi.

Transmissiya masalasi esa hozircha aniq emas: kompaniya old g‘ildirakdan tortuvchi versiyalarda variator (CVT)ni saqlab qoladimi yoki to‘liq 9 pog‘onali avtomat uzatmalar qutisiga o‘tadimi – bu hali ochiqlanmagan.

Shu bilan birga, 1,2 litrli dvigatel butunlay yo‘qolmaydi. U 2027-yilda Chevrolet Tracker modeli uchun asosiy kuch agregati sifatida saqlab qolinadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Huawei Saic Z7 va Z7T elektromobillari sotuvga chiqqani haqida yozgandi.

Shuningdek