Chevrolet Trailblazer 2026 avtomobili sotuvga chiqdi — narx

25-mart 2026 08:38 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Chevrolet Trailblazer 2026 avtomobili sotuvga chiqdi — narx
Foto: Chevrolet

General Motors (GM) kompaniyasi Argentinada 2026-yilgi Chevrolet Trailblazer modelini rasman taqdim etdi. Bu yangilangan versiyaning ikkinchi yilgi chiqishi hisoblanadi.

Yangi Trailblazer avvalgi modeldagi asosiy o‘zgarishlarni saqlab qolgan. Yangilanishlar asosan komplektatsiya darajasida bo‘lib, dizayn va texnik qism deyarli o‘zgarmagan. Model Argentinada faqat High Country versiyasida taklif qilinmoqda. Ushbu versiya barcha texnologiya, xavfsizlik va qulaylik funksiyalarini o‘z ichiga oladi. Salon esa yangi Jet Black rangida, jigarrang aksentlar bilan bezatilgan.

Foto: Chevrolet

Avtomobil 7 o‘rindiqli bo‘lib, katta yukxona va keng salon bilan ajralib turadi. Ishlab chiqaruvchi modelni shahar, trassa va off-road sharoitlari uchun mos universal SUV sifatida taqdim etmoqda. Texnik jihatdan model 2,8 litrli Duramax turbodizel dvigatel bilan jihozlangan. U 207 ot kuchi va 510 Nm atrofida moment ishlab chiqaradi. Dvigatel 8 pog‘onali avtomat uzatma bilan ishlaydi.

Foto: Chevrolet

Trailblazer to‘liq 4×4 yuritmaga ega. Shuningdek, xavfsizlikni oshirish uchun treyler barqarorligini nazorat qilish tizimi ham mavjud. Model Braziliyada ishlab chiqariladi va Argentinada sotuvga chiqarilgan. Narxi 79,7 mln peso ($57 ming) atrofida belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Chevrolet Trailblazer 2027-yilda 1,2 litrli dvigateldan voz kechishi haqida yozgan edi.

Shuningdek