BYD Denza D9 yangi avlodi qachondan sotuvga chiqadi

26-mart 2026 15:55 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: Denza

Xitoyning BYD kompaniyasiga tegishli Denza D9 modelining yangilangan versiyasi 29-martdan oldindan buyurtmaga qo‘yiladi. Bu haqda CarNewsChina nashri xabar bermoqda.

Model tashqi ko‘rinishda yangilandi. Old qismi yangi panjara va yanada hajmli dizayn bilan ajralib turadi. Avtomobil o‘lchamlari deyarli o‘zgarmagan. Uzunligi 5,25 metrni tashkil etadi. G‘ildirak bazasi 3,11 metr.

Denza D9 ikkita variantda taklif etiladi. Ular gibrid va to‘liq elektr versiyalardir. Gibrid model 1,5 litrli turbo dvigatel va ikki elektr motor bilan jihozlangan. Elektr rejimida 400 km dan ortiq yuradi.

Foto: BYD

To‘liq elektr versiyada esa 750 km va 800 kmgacha yurish zaxirasi mavjud.

Eng katta yangilik batareyada. Model yangi Blade 2.0 akkumulyatori bilan jihozlangan. U 10 foizdan 70 foizgacha atigi 5 daqiqada quvvatlanadi. 97 foizgacha to‘liq zaryadlash esa 9 daqiqa davom etadi. Model ilg‘or haydovchi yordam tizimlari bilan ham ta’minlangan. Unda «God’s Eye 5.0» tizimi qo‘llanadi.

Denza D9 bozorda allaqachon muvaffaqiyat qozongan. 2025-yil oxiriga kelib uning global sotuvlari 300 ming donadan oshgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri yangilangan BYD Atto 3 sotuvi qachon boshlanishi haqida yozgan edi.

Shuningdek