Oppo Find X9s Pro smartfoni qanday imkoniyatlar bilan chiqadi

30-mart 2026 13:15 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Oppo Find X9s Pro smartfoni qanday imkoniyatlar bilan chiqadi
Rasm Grok yordamida yaratilgan

Oppo kompaniyasi yangi Oppo Find X9s Pro smartfoni ustida ishlamoqda. Model joriy yilning aprel oyida taqdim etilishi kutilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, smartfon ikki dona 200 megapikselli kamera bilan jihozlanadi. Ulardan biri asosiy, ikkinchisi esa periskop telefoto kamera bo‘ladi. Shuningdek, qurilmada 50 megapikselli ultra keng burchakli kamera va 50 megapikselli old kamera bo‘lishi mumkin.

Smartfon 6,32 dyuymli OLED displey bilan ta’minlanadi. Ekran 1,5K aniqlik va 120 Hz yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi. Yangi model Dimensity 9500 protsessorida ishlashi kutilmoqda. Batareya sig‘imi esa 7000 mA/soatga yetadi.

Foto: Oppo

Qurilma 80 Vt simli va 50 Vt simsiz tezkor zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi.

Find X9s Pro Android 16 asosidagi ColorOS 16 tizimida ishlaydi. Shuningdek, unda displey osti ultratovushli barmoq izi skaneri va IP68/69 himoya darajasi bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Oppo K15 Pro seriyasi noyob dizayn bilan taqdim etilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek