Nomzodlar turnirida Javohir Sindarov Pragnanandhani mag‘lub etdi

1-aprel 2026 11:03 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: tepesigeman

Kiprning Pafos shahrida o‘tayotgan nufuzli Nomzodlar turnirida o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov muhim g‘alabaga erishdi. U musobaqaning 3-turida hindistonlik raqib Pragnanandha Rameshbabuni mag‘lub etdi.

Uchrashuv davomida raqib bir nechta xatolarga yo‘l qo‘ydi, Sindarov esa vaziyatdan aniq va puxta yurishlar bilan unumli foydalandi. Natijada u o‘yinni o‘z foydasiga hal qilib, turnirdagi ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Uch tur yakuniga ko‘ra, Sindarov 2 g‘alaba va 1 durang bilan 2,5 ochko jamg‘ardi va turnir peshqadami Fabiano Karuana bilan bir xil natijani qayd etdi.

Eslatib o‘tamiz, Sindarov ushbu turnirda qatnashayotgan ilk o‘zbekistonlik shaxmatchi hisoblanadi. U birinchi turda Andrey Yesipenkoni mag‘lub etgan, ikkinchi turda esa Mattias Blyubaum bilan durang o‘ynagan edi.

Foto: UzChess

Ushbu natijalar evaziga Sindarovning reytingi ham oshib, u 2753,5 ko‘rsatkich bilan jahonning eng kuchli 8 nafar shaxmatchisi qatoriga kirdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Javohir Sindarov Titled Tuesday turnirida uchinchi marta g‘olib bo‘lgani haqida yozgandi.

Shuningdek