Nio kompaniyasi yangi avtomobillarini taqdim etdi — narx

2-aprel 2026 14:03 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Nio kompaniyasi yangi avtomobillarini taqdim etdi — narx
Foto: Nio

Xitoyning Nio kompaniyasi ES6, EC6, ET5 va ET5 Touring modellarining yangilangan versiyalarini taqdim etdi. Bu haqda CarNewsChina nashri xabar bermoqda.

Kompaniya so‘nggi paytda, asosan, ES8 modeli hisobiga daromad qilmoqda. 2026-yil yanvar – fevral oylarida ushbu model 28,9 ming dona sotilgan va umumiy savdoning katta qismini tashkil qilgan. Shu sababli boshqa modellar savdosi sustlashgani qayd etildi.

Foto: Nio

Yangilangan ES6 va EC6 modellari tashqi ko‘rinishda Moon 3.0 dizayn paketiga ega bo‘lgan. Unda kulrang elementlar va 20 dyuymli disklar mavjud. NOA tizimi ishlaganda ko‘k chiroqlar yonadi. Old bamper dizayni ham biroz o‘zgartirilgan.

Salon qismida haydovchi o‘rindig‘i «nol gravitatsiya» funksiyasi qo‘llanilgan. Orqa o‘rindiqlar endi isitish, shamollatish va massaj funksiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, markaziy konsol ostiga ko‘zoynak uchun joy qo‘shilgan.

Ushbu modellarda ikkita elektr motor o‘rnatilgan bo‘lib, umumiy quvvat 483 ot kuchiga teng. 100 kWh batareya bilan yurish zaxirasi 630 – 655 kmni tashkil etadi. ES6 narxi 338 ming yuan ($49,1 ming)dan boshlanadi, batareyani ijaraga olish bilan $33,4 ming atrofida bo‘ladi. EC6 esa 358 ming yuan ($52 ming)dan sotiladi, BaaS bilan $36,2 minggacha tushadi.

Foto: Nio

ET5 va ET5 Touring modellari ham yangilandi. Ular ham Moon 3.0 dizayn paketi va yangi yorug‘lik elementlariga ega bo‘ldi. Salonida isitiladigan rul, ventilyatsiyali o‘rindiqlar va xushbo‘y tizim paydo bo‘ldi. Ushbu modellarda ham ikki motorli tizim ishlatilgan bo‘lib, quvvat 360 kWga teng. 100 kWh batareya bilan yurish zaxirasi 710 – 740 kmni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Nio Firefly avtomobili sotuvga chiqqani haqida yozgan edi.

Shuningdek