Nio ES9 avtomobili rasman namoyish etildi — foto

7-aprel 2026 11:34 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Nio ES9 avtomobili rasman namoyish etildi — foto
Foto: Nio

Nio kompaniyasi tomonidan yangi Nio ES9 avtomobilining rasmiy suratlarini e’lon qilindi. Model 9-aprel kuni taqdim etilib, oldindan buyurtmalar boshlanishi kutilmoqda.

Yangi ES9 kompaniyaning eng yirik va texnologik SUV modeli bo‘ldi. U SkyRide to‘liq aktiv osma tizimi va rul mexanizmi simsiz boshqariladigan steer-by-wire texnologiyasi bilan jihozlangan. Avtomobil yangi Shark Nose dizayn tilida ishlab chiqilgan.

Uning old qismida zamonaviy ajratilgan faralar mavjud bo‘lib, ular animatsiyali yoritish effektlari va proyeksiya funksiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi. HDPL texnologiyali faralar esa tunda yo‘lni kengroq yoritadi va piyodalar hamda to‘siqlarni aniqlashga yordam beradi.

Nio ES9 / Foto: Nio

Model ilg‘or avtonom haydash tizimlari bilan ham jihozlangan. Unda bir nechta LiDAR sensorlar, radarlar va kameralar ishlatilgan. Boshqaruv tizimi Nio ishlab chiqqan maxsus chip va dasturiy platformaga asoslangan.

O‘lchamlari bo‘yicha ES9 segmentdagi eng yirik elektromobillardan biri hisoblanadi. Uning uzunligi 5,365 mm, g‘ildirak bazasi esa 3,250 mmni tashkil etadi.

Salon premium darajada ishlab chiqilgan. Ichki qismda katta AMOLED markaziy displey, keng panoramali ekranlar va yuqori sifatli materiallar qo‘llanilgan. Avtomobil 6 o‘rindiqli konfiguratsiyada taqdim etiladi.

Nio ES9 avtomobilining ichki qismi / Foto: Nio

ES9 900 voltli platformada yaratilgan. U ikki elektromotor bilan jihozlangan bo‘lib, old motor 241 ot kuchi, orqa motor esa 456 ot kuchi ishlab chiqaradi. Batareya sig‘imi 102 kVt·soatni tashkil etadi. Yurish zaxirasi 580 km, 600 km va 620 km variantlarda taklif qilinadi. Bu ko‘rsatkichlar modelni uzoq masofali sayohatlar uchun ham mos qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Nio kompaniyasi yangi avtomobillarini taqdim etgani haqida yozgan edi.

Shuningdek