Qish qaytdimi: bir nechta hududlarda qor yog‘di — video

eʼlon qilindi
Ayni paytda shimoliy hududlar va Qizilqum cho‘lida turli ob-havo hodisalarini keltirib chiqargan siklon asta-sekin respublika hududini tark etmoqda
Qish qaytdimi: bir nechta hududlarda qor yog‘moqda
Foto: Unsplash

16-aprel kuni erta tongdan boshlab Jizzax viloyatining bir nechta hududlarida qor yog‘di. Bu haqda iqlimshunos Erkinjon Abdulahatovning Telegram kanalida ma’lum qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Baxmal tumanining Zartepa qishlog‘ida soat 08:00 atrofida qor yog‘ib o‘tgan. Shuningdek, Zomin tumanidagi Suvfa platosida ham qor yog‘moqda. Ushbu hudud dengiz sathidan 2400 metr balandlikda joylashgan.

Video: Uzb Meteo / Telegram

Iqlimshunosning qayd etishicha, namlik oqimi Farg‘ona vodiysiga ham kirib kelmoqda. Qo‘qon shahrida allaqachon uzoq kutilgan kuchli yog‘inlar boshlangan. Ayni paytda shimoliy hududlar va Qizilqum cho‘lida turli ob-havo hodisalarini keltirib chiqargan siklon asta-sekin respublika hududini tark etmoqda.

Foto: Uzb Meteo / Telegram

Avvalroq Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida kuchli chang hamda shamol hodisasi kuzatilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 16-aprel kuni qaysi hududlarda yog‘ingarchilik kuzatilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek