Qish qaytdimi: bir nechta hududlarda qor yog‘di — video

16-aprel kuni erta tongdan boshlab Jizzax viloyatining bir nechta hududlarida qor yog‘di. Bu haqda iqlimshunos Erkinjon Abdulahatovning Telegram kanalida ma’lum qilindi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Baxmal tumanining Zartepa qishlog‘ida soat 08:00 atrofida qor yog‘ib o‘tgan. Shuningdek, Zomin tumanidagi Suvfa platosida ham qor yog‘moqda. Ushbu hudud dengiz sathidan 2400 metr balandlikda joylashgan.
Iqlimshunosning qayd etishicha, namlik oqimi Farg‘ona vodiysiga ham kirib kelmoqda. Qo‘qon shahrida allaqachon uzoq kutilgan kuchli yog‘inlar boshlangan. Ayni paytda shimoliy hududlar va Qizilqum cho‘lida turli ob-havo hodisalarini keltirib chiqargan siklon asta-sekin respublika hududini tark etmoqda.

Avvalroq Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm vilpoyatlarida kuchli chang va shamol hodisasi kuzatilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 16-aprel kuni qaysi hududlarda yog‘ingarchilik kuzatilishi haqida yozgan edi.