
Great Wall Motor (GWM) kompaniyasi tarkibidagi Haval brendi Haval H10 modelini taqdim etdi. Bu haqda CarNewsChina nashri xabar bermoqda.
Model kompaniya qatorida H9’dan yuqorida joylashadi va katta o‘lchamli SUV segmentiga kiradi. Yangi avtomobil kvadrat uslubdagi dizayn bilan ajralib turadi. Kuzov baland va massiv ko‘rinishga ega, tom qismida esa LiDAR sensori o‘rnatilgan. Bu haydovchiga yordam beruvchi ilg‘or tizimlar mavjudligini anglatadi.

H10 ikki xil uzunlikda taqdim etiladi. Eng katta versiyasi 5299 mm bo‘lib, 5 yoki 6 o‘rindiqli variantlar kutilmoqda. Model plug-in gibrid tizimda ishlaydi. U 1.5T va 2.0T dvigatel variantlari bilan taklif etiladi. Batareya sig‘imi 42,8 kWhni tashkil qiladi. Elektromobil rejimida yurish zaxirasi 180 kmgacha yetadi.

Avtomobil to‘liq g‘ildirakdan tortish tizimi va zamonaviy Hi4 platformasi asosida yaratilgan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Haval kompaniyasi yangi avtomobilini namoyish etgani haqida yozgan edi.